SportCoin

SportCoin — Qoʻllab-quvvatlash

Quyida eng koʻp beriladigan savollarga javoblar berilgan. Javobingiz topilmasa, pastdagi aloqa orqali murojaat qiling.

1. Kirish va akkaunt

SavolJavob
Roʻyxatdan oʻta olmayapmanIlovada roʻyxatdan oʻtish yoʻq. Akkauntni sizning sport klubingiz yaratadi — klubga murojaat qiling.
Login yoki parolni bilmaymanKlub administratoriga murojaat qiling — akkauntingizni ular bergan.
Parolni unutdimIlovadagi "Parolni tiklash" funksiyasidan foydalaning, yoki klubingiz qayta beradi.
Telefon raqamim oʻzgardiBuni faqat klub oʻzgartira oladi.
Ismim notoʻgʻri yozilganKlub tuzatadi — ilova ichidan oʻzgartirib boʻlmaydi.
Raqamim bor, lekin "roʻyxatdan oʻtmagan" deyaptiSportCoin faqat SportCoin klublarining akkauntlari bilan ishlaydi. Klubingiz sizni tizimga qoʻshganini tekshiring.
Bir nechta farzandim bor, hammasini bitta joydan koʻrsam boʻladimiHar bir farzand uchun alohida akkaunt bor. Klubdan soʻrang.
Akkauntimni oʻchirishni xohlaymanYozuvning egasi — klub. Avval sport klubingizga murojaat qiling. Batafsil: sportcoin.uz/doc/delete-account.html

2. Coin va sovgʻalar

SavolJavob
Coinlarim kamayib qolganCoin tarixini oching — har bir operatsiya sababi bilan yozib boriladi. Savol qolsa, murabbiyingizdan soʻrang.
Murabbiy coin bermadiCoin berish qoidasini klub belgilaydi. Klubga murojaat qiling.
Sovgʻani oldim, lekin bermadilarSovgʻani klub beradi, SportCoin emas. Klubga murojaat qiling.
Coinni pulga almashtirsam boʻladimiYoʻq. Coin — klub ichidagi shartli birlik, pul emas va naqdga almashtirilmaydi.
Boshqa klubga oʻtsam, coinlarim qoladimiCoin klubga tegishli. Shartlarni klub belgilaydi.
Oʻyin oʻynasam coin beriladimiYoʻq. Oʻyinlar XP beradi, coin emas. Coin faqat real mashgʻulot natijasi uchun beriladi.

3. Davomat va natijalar

SavolJavob
Mashgʻulotga bordim, lekin "kelmagan" deb belgilanganMurabbiyingizga ayting — u tuzatadi.
Natijalarim koʻrinmayaptiKlub hali kiritmagan boʻlishi mumkin. Klubdan soʻrang.
Mashgʻulot jadvali eskirganJadvalni klub yangilaydi.
Jonim kamaydi, sababini bilmaymanJon tarixini oching — sabab yozilgan boʻladi. Yozilmagan boʻlsa murabbiydan soʻrang.

4. Toʻlov

SavolJavob
Ilova orqali toʻlov qila olamanmiYoʻq. Ilovada toʻlov funksiyasi yoʻq — faqat klub kiritgan yozuvlar koʻrinadi.
Toʻladim, lekin qarz koʻrinyaptiKlub hali tizimga kiritmagan boʻlishi mumkin. Klubga murojaat qiling.
Qarz summasi notoʻgʻri koʻrsatilganHisobni klub yuritadi — ularga murojaat qiling.

5. Texnik savollar

SavolJavob
Bildirishnoma kelmayaptiTelefon sozlamalarida ilova uchun bildirishnoma ruxsatini tekshiring.
Ilova ochilmayapti yoki qotib qolyaptiIlovani yangilang va qayta ishga tushiring. Muammo davom etsa, bizga yozing: info@sportcoin.uz
Internetsiz ishlaydimiOldin ochilgan ekranlar koʻrinadi, lekin yangi maʼlumot yuklanmaydi.
Boshqa telefonga kirsam boʻladimiHa. Lekin telefonga boshqa akkaunt kirsa, avvalgi foydalanuvchining qurilmadagi maʼlumotlari oʻchiriladi.

6. Sport klubi rahbarlari uchun

SavolJavob
Platformani klubimga qanday ulaymansportcoin.uz orqali ariza qoldiring — mutaxassisimiz bogʻlanadi.
Narxlar qandayQarang: sportcoin.uz/doc/oferta.html

Javobingizni topmadingizmi?

Telegram: @Yukuuz

Telefon: +998 94 936 77 18

Email: info@sportcoin.uz